14 sen 10:38
Yangiliklar
Carukyan: "Agar Ruffiga yutqazsam, chempionlik jangini boshqa hech qachon ko'rmayman"
"Oldinda meni Maurisio Ruffi bilan katta jang kutib turibdi. O'ylashimcha, ayni damda u divizionimizdagi eng yaxshi zarbachi. U xavfli raqib. Men Maurisio Ruffiga qarshi jangni xuddi chempionlik jangi kabi qabul qilyapman. Men uchun har bir jang muhim. Mashg'ulotlar lagerida bor kuchimni beryapman. Agar engilsam, chempionlik jangini boshqa hech qachon ko'rmayman. SHu bois, men g'alabaga juda chanqoqman va motivaciyam yuqori.
Bu lahza uchun juda ko'p mehnat qildim. Men uni, ayniqsa, uning zarba berish texnikasini sira kamsitmayapman, shuning uchun jang davomida juda aqlli harakat qilishim kerak – uning zarbasi kuchli va u ko'plab raqiblarini nokautga uchratgan, ammo hozir mening vaqtim. Menda jang uchun yaxshi reja bor va u mukammal ishlaydi. Bu oson jang bo'ladi demayapman. U og'ir kechadi, lekin g'alaba qozonadigan inson men bo'laman", — dedi rossiyalik jangchi ijtimoiy tarmoqlarda elon qilingan videoda.
Engil vazn toifasidagi besh raundlik jang 19 sentyabr kuni Los-Anjelesda bo'lib o'tadigan UFC 331 turnirining ikkinchi asosiy voqeasi (co-main event) maqomiga ega.

Fikrlar