23 mar 07:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Carukyan navbatdagi jangiga tayyorgarlik uchun Los-Anjelesga etib bordi
Engil vazn toifasidagi UFC jangchisi Arman Carukyan bir oy avval g'alabali seriyasini beshtaga etkazib olgandi.
“Men Los-Anjelesga etib keldim. Bu erda ikki haftalik boks mashg'ulotini o'tkazaman. So'ng Las-Vegasga uchaman. U erda yaqin orada elon qilinadigan bo'lajak jangga tayyorgarlikni davom ettirishim kerak", – dedi UFC jangchisi ijtimoiy tarmoqdagi murojaatida.
Carukyan navbatdagi jangi Las-Vegasda bo'lishiga aniqlik kiritdi. Biroq, raqibi va jang sanasi hanuz nomalumligicha qolmoqda.
Malumot uchun, 25 yoshli Arman 26 fevral kuni Las-Vegasda bo'lib o'tgan UFC Fight Night 202 turnirida ispaniyalik Yoel Alvaresni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar