23 okt 11:35
Yangiliklar
Boks/MMA

CHagaevni mag'lub etgan Braunni Klichko taklif qilgan $1 mln. qoniqtirmadi
Avstraliyalik 37 yoshli Lukas Braun professional boksning superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Vladimir Klichkoning taklifiga rad javobini berdi.
Ukrainalik 40 yoshli bokschi Braunga 1 million dollar gonorar evaziga jang taklif qilgan edi. Agar Lukas taklifga rozi bo'lsa, jang WBA chempionlik kamari uchun kechadi.
RTL telekanali Klichkodan imkon qadar tezroq 10 dekabrga jang belgilashni talab qilmoqda. Vladimirda esa variantlar ham, vaqt ham juda kam. RTL odatda yanvar va fevral oylarida boks janglarini translyaciya qilmaydi.
Eslatib o'tamiz, Lukas Braun hamyurtimiz Ruslan CHagaevni mag'lubiyatga uchratib, unga tegishli WBA (Regular) chempionlik kamarini tortib olgandi. CHagaev o'sha mag'lubiyatdan so'ng faoliyatini rasman yakunlagan edi.
Havola :
Fikrlar