02 avg 13:05
Yangiliklar

CHagaevning menejeri: “Ruslan haqiqatan ham faoliyatini yakunladi”
Bu malumotni Ruslanning rafiqasi Viktoriya CHagaeva ham tasdiqlar ekan, bunga turmush o'rtog'ining ko'rish bilan bog'liq muammolari sabab bo'lganligini aytgan edi. Bokschimizning menejeri Timur Dugazaev ham bu borada o'z fikrini bildirdi.
“Haqiqatan ham Ruslan faoliyatini yakunladi. Bu haqida uning o'zi qaror qabul qildi. CHagaev professional boksdagi faoliyatining ilk yilidayoq ko'zidan jarohat olgan edi. O'sha jarohat mana qariyb 20 yil davomida o'z tasirini o'tkazib keldi. Jamoamiz shifokorlari o'tkazgan bir nechta ko'rik jarayonlaridan so'ng, Ruslan boshqa jang qilmasligi kerak, degan xulosaga kelindi. Albatta, sevimli mashg'ulotdan ketish oson emas. Lekin bu taqdir. Qolaversa, Ruslanning o'zi ham boshqa ringga chiqishni istamayapti. Uning qarorini hurmat qilamiz, - dedi Dugazaev.
Fikrlar