01 noy 18:13
Yangiliklar
Boks/MMA

CHagaevning sobiq kamari uchun Briggs va Braun jang qilishi mumkin
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBA (Regular) chempioni avstraliyalik Lukas Braun sobiq jahon chempioni SHennon Briggsga qarshi ringga ko'tarilishi mumkin.
Amerikalik Briggs (60(53)-6(2)-1) ham bu malumot haqiqatga yaqin kelganligini tasdiqladi. 37 yoshli Braun (24(21)-0-0) WBA reytingida 5-o'rinni egallab turibdi.
44 yoshli Briggs esa 8-pog'onadan joy olgan. SHu yilning 5 mart kuni Lukas hamyurtimiz Ruslan CHagaevni 10-raundda mag'lubiyatga uchratib, chempionlik kamariga ega chiqqan edi.
Havola :
Fikrlar