25 noy 13:41
Yangiliklar

CHagaevning so'nggi raqibi Lukas Braundan nokaut!
Avstraliyalik Braun Yangi Zelandiyada tashkil etilgan boks oqshomida 36 yoshli mezbon bokschi Pati Pati “Junior Pati” Tuaga qarshi ringga ko'tarildi. Pati taniqli bokschi Devid Tuaning jiyani hisoblanadi.
Jangning beshinchi raundida Lukas Braun raqibini nokautga uchratdi. O'tkazib yuborilgan aniq va kuchli zarbadan so'ng Junior Pati o'rnidan turishga o'zida kuch topa olmadi.
Takidlash joiz, Braun ushbu jangda o'z faoliyatidagi eng engil - 110,5 kg vazn og'irlik bilan ringga chiqdi. SHu yilning mart oyida Dillian Uaytga qarshi jang o'tkazganida Lukas 119,5 kg tosh bosgandi. O'sha jangda Braun faoliyatidagi ilk mag'lubiyatni qabul qilib olgan edi.
Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz sobiq WBA chempioni Ruslan CHagaev faoliyatidagi so'nggi jangini aynan Lukas Braunga qarshi o'tkazgan edi. Grozniyda o'tgan jangning 10-raundida Ruslan texnik nokaut evaziga yutqazgandi.
Fikrlar