03 fev 08:23
Yangiliklar
Boks/MMA

CHanievni nokaut qilgan Kommi IBF chempioniga aylandi
Hozirgina AQSHda engil vazn toifasida vakant bo'lib qolgan IBF chempionlik kamari uchun jang yakunlandi.
Unda ganalik 31 yoshli Richard Kommi rossiyalik Isa CHanievga qarshi ringga ko'tarildi. Birinchi raundning oxirlarida afrikalik bokschi CHanievni chuqur nokdaun holatiga uchratdi. Ikkinchi raundda bu holat yana ikki bor takrorlandi.
Vaziyatni to'g'ri anglab etgan referi jangni to'xtatishga majbur bo'ldi. Katta ehtimol bilan endi Kommi u 12 aprel kuni WBA va WBO chempioni Vasiliy Lomachenkoga qarshi birlashtiruvchi chempionlik jangida ringga ko'tariladi.
Havola :
Fikrlar