03 fev 10:46
Yangiliklar
Boks/MMA

CHanoq suyagi singan chempion ilk himoya jangini nokaut bilan yakunladi
Meksikalik bokschi Oskar Valdes yarim engil vazn toifasida o'ziga tegishli bo'lib turgan WBO chempionlik kamarini himoya qildi.
U ayni daqiqalarda AQSHning Texas shtati Frisko shahrida o'tkazilayotgan boks oqshomida italiyalik Karmina Tommazonni texnik nokautga uchratdi. To'rtinchi raundda Karmina ikki bor nokdaun holatiga tushib qoldi.
Ettinchi raundda amaldagi chempion italiyalik raqibini chuqur nokdaunga uchratdi. Referi esa vaziyatni to'g'ri anglab, jangni to'xtatishga majbur bo'ldi. Valdes faoliyatidagi 25-g'alabasini qo'lga kiritdi. Karmina esa 20ta jangidan so'ng ilk bor mag'lub bo'ldi.
Etiborlisi shundaki, Valdes o'tgan yilning avgust oyida Skott Kuiggaga qarshi o'tkazgan jangida boshining chanoq suyagini sindirib olgandi. O'sha jangda esa u baribir g'alaba nashidasini surgan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar