01 sen 09:47
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/83392_220.jpg)
CHarli Edvards videotakor evaziga WBC kamarini o'zida saqlab qoldi
Engil vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni britaniyalik CHarli Edvards Londonda bo'lib o'tgan boks oqshomida o'z kamarini himoya qildi.
Mezbon bokschi meksikalik Xulio Sezar Martinesga qarshi chempionlik jangida ringga ko'tarildi. Jangda biroz kutilmagan holat qayd etildi. Aaaldagi jahon chempioni sekinlashtirilgan videtakror evaziga titulini o'zida saqlab qoldi.
Edvards deyarli jangni boy berayotgandi. Uchinchi raundda xatto nokautga ham uchradi. Lekin meksikalik bokschi nokautli zarbasini Edvards tizzalab qolgan paytda yo'lladi. Referi vaziyatni o'tkazib yubordi.
Martines g'olib deb elon qilindi. Lekin hakamlar hayati va WBC rasmiylari videotakorni qayta tomosha qilib, jang natijasini bekor qilishdi. Bu vazifani shaxsan ringga ko'tarilgan WBC prezidenti Mauricio Suleyman bajardi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar