21 avg 10:41
Yangiliklar
Boks/MMA

CHarlz Oliveyra: Hozirgi zamonda hech kim chempionlik jangi haqida o'ylamay qo'ydi
Engil vazn toifasida UFC kamari sohibi CHarlz Oliveyra Dastin Porening Neyt Diazga qarshi jang qilmoqchiligi borasida fikr bildirdi.
"Hozirgi zamonda hech kim chempionlik jangi haqida o'ylamay qo'ydi, barchaga pullik jang kerak. Dastinga Konorga qarshi jang katta daromad olib keldi va Diazga qarshi jangdan ham shunday ko'p pul ishlashi mumkin. Hammanining o'z yo'li bor. Men uchun doim chempionlik kamari muhim bo'lgan. Menga ham pul kerak, biroq kamar birinchi maqsadim edi",-dedi CHarlz Oliveyra.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar