16 jan 12:14
Yangiliklar
Boks/MMA
CHarlz Oliveyra UFC 311 turnirining markaziy jangiga taxmin bildirdi
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni CHarlz Oliveyra yakshanba tongida o'tkaziladigan UFC 311 turnirining markaziy jangi haqida berilgan ikkita savolga javob berdi.
Braziliyalik aralash yakkakurash favorit nomini ayta olmadi.
"Imkoniyatlar 50 ga 50. Yigitlar bir-birlariga juda yaqin va deyarli bir xil darajada. Ularning jang uchun tayyorlagan rejalari ham bir xil. Kim g'alabani ko'proq xohlasa va tayyorgarligi shunga yarasha bo'lsa, o'sha yutadi.
Bundan tashqari, Oliveyra Maxachev - Carukyan jangi uchun zaxira varianti bo'lishni xohlarmidingiz degan savolga ham javob berdi.
"Ishonch bilan ayta olamanki, yo'q! Imkoniyatlar nolga teng. Boisi, men hozir tatildaman. Bunday darajadagi yigitlar bilan tayyorgarliksiz jang qilish bu aqlsizlik", - dedi CHarlz.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar