01 may 17:14
Yangiliklar
CHarlz Oliveyra UFC bilan yangi shartnoma imzoladi
Yangi kelishuv sakkizta jangga mo'ljallangan. Bu haqda braziliyalik murabbiy va menejer Diego Lima AGFight nashriga bergan intervyusida malum qildi.
"Bu ajoyib kelishuv edi. Birorta ham yomon so'z aytish mumkin emas, shartnoma shunchaki aql bovar qilmas darajada. Endi CHarlz uchun qirq yoshga to'lgunga qadar janglar rejalashtirilgan, shuning uchun uning faoliyatini yakunlamoqchi ekanligini aytganlar biroz kutishlari kerak bo'ladi", - dedi braziliyalik mutaxassis.
O'tgan yilning iyul oyida CHarlz Oliveyra birinchi raunddayoq Iliya Topuriyaga nokaut bilan yutqazib, engil vazn toifasidagi chempionlik unvonini qaytarib ololmagandi. Keyin oktyabr oyida polshalik Mateush Gamrotni engib, o'z faoliyatini muvaffaqiyatli yo'lga qaytargandi. SHu yilning mart oyida esa Maks Xolloueydan BMF chempionlik kamarini tortib oldi.
Ayni paytda 36 yoshli braziliyalik UFC engil vazn toifasi reytingida uchinchi o'rinni egallab turibdi. Uning navbatdagi raqibi rossiyalik Arman Carukyan bo'lishi mumkin.

Fikrlar