27 mar 09:50
Yangiliklar
Boks/MMA

CHel Sonnen: Makgregor va Meyvezer janggi rozilik berishdi
Aralash qoidalar bo'yicha Bellator jangchisi CHel Sonnen UFC chempioni Konor Makgregor hamda engilmas bokschi Floyd Meyvezer o'tkazilishi kutilayotgan jang yuzasidan o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.
“Ikkala sportchi ham jangga o'z roziligini berdi. Lekin matbuotda hech kim bu haqda yozmadi. Menda bu jang yuzasidan aniq malumot bor. Katta janglarning chiptalari bilan shug'ullanadigan tanishim Meyvezer va Makgregor o'rtasidagi bahsga ancha yaqin qolganini aytdi.
Uning so'zlariga qaraganda, tez kunda chiptalar sotuvi boshlanadi. Tanishimning taxminlari hamisha o'zini oqlagan. Bu safar ham to'g'ri chiqishiga ishonaman, - dedi CHel.

Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar