17 may 13:17
Yangiliklar
Futbol
"CHelsi"ning asosiy futbolchisi yozda jamoani tark etadi
Katalon jurnalisti Jota Jordi "CHelsi" himoyachisi Mark Kukurelya bu yozda Ispaniyaga qaytishini malum qildi.
Jordi malumotlariga ko'ra, dushanbadan boshlab "Barselona" o'yinchi atrofidagilar bilan muzokaralarni boshlaydi. Jurnalist Kukurelya Londonda 1000% qolishi mumkin emasligini va faoliyatini Ispaniyada davom ettirishini takidladi. Unga "Barselona" va "Atletiko" qiziqish bildirmoqda.
Kukurelya "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u Ispaniyada "Eybar" va "Xetafe"da ham o'ynagan, "CHelsi"ga esa "Brayton"dan o'tgan.
Himoyachi joriy mavsum 48 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 1 ta gol va 4 ta assist bor. Futbolchining "CHelsi" bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt nashri ispaniyalikni 50 million evroga baholagan.
Havola :
Manba : The Sun
Fikrlar