07 sen 13:54
Yangiliklar
CHempion hamyurtimiz Koreyada yana bir kamarni qo'lga kiritdi FOTOGALEREYA
Oqshomning markaziy jangi hamyurtimiz Husniddin Po'latov ishtirokida kechdi. Husniddin vakant bo'lib turgan WBA Asia chempionlik kamari uchun koreyalik In Dak Seoga qarshi ringga ko'tarildi. O'n ikki raundga mo'ljallangan jang beshinchi uch daqiqalikda yakunlandi. Po'latov raqibini nokautga uchratdi.
Malumot uchun, Dak Seo prof ringda bugungisi bilan qo'shib hisoblaganda 16 ta jang o'tkazgan. Janglarning 12 tasida g'alaba qozongan. Ettita jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Bugun ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Hisobida ikkita durang bor.
Husniddin Po'latov esa bugun 11-jangini o'tkazdi. G'alabaga erishgan 8 ta jangidan 6 tasida raqiblarini nokaut evaziga taslim etgan. Uchta jangda mag'lubiyatga uchragan.
Fikrlar