29 dek 11:04
Yangiliklar
Boks/MMA

CHempion Jan Paskal nokdaunga uchradi, lekin...
AQSHning Atlanta shahrida o'tkazilayotgan boks oqshomining qiziqarli janglaridan biri yakunlandi.
Yarim og'ir vazn toifasida WBA Regular chempionlik kamari sohibi Jan Paskal ikki vaznda sobiq jahon chempioni Badu Jekka qarshi ringga ko'tarildi. SHiddatli va murosasiz kechgan 12 raundik chempionlik jangi to'liq davom etdi. Yakunda g'olib ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi.
Hakamlardan ikki nafari 114:112 hisobidagi g'alaba g'alabani Paskalga taqdim etdi. Uchinchi hakam xuddi shu hisobda Jek g'alaba qozondi deb hisobladi. Har ikki bokschi bir marotabadan nokdaun holatiga tushib qolishdi. Paskal qiyin g'alaba evaziga kamarini o'zida saqlab qoldi.
Havola :
Fikrlar