21 jan 15:41
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/27142_220.jpg)
CHempion Spens muddatidan avval Pitersonni mag'lub etdi
AQSHning Nyu-York shahrida o'tkazilgan boks oqshomining markaziy jangi yarim o'rta vazn toifasida IBF chempioni bo'lib turgan Errol Spens ishtirokida o'tkazildi.
Spens ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Lamont Pitersonga qarshi ringga ko'tarildi. O'n ikki raundga mo'ljallangan jang ettinchi raundda yakunlandi.
Beshinchi raundda Spens raqibini nokdaun holatiga tushirib qo'ydi. Sakkizinchi raund oldidan Pitersonning murabbiylari jangni davom ettirmaslikka qaror qilishdi. Bu bilan Errol Spens chempionlik kamarini himoya qildi.
Havola :
Fikrlar