06 avg 18:25
Yangiliklar
Boks/MMA

CHempion Volkanovski Zabitning "vyzov"iga chiroyli tarzda "otvet" qildi
Yarim engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Aleksander Volkanovski rossiyalik Zabit Magomedsharipovning chorloviga javob qaytardi.
Xabar berganimizdek, Magomedsharipovning Yair Rodrigesga qarshi jangi raqibining mashg'ulotda jarohat olishi sabab bekor bo'lgan edi. Zabit bu xabar tasdig'ini topgan zahoti vazn chempioni Volkanovskini oktagonga chorlagandi.
"Men chempionman! Zaxiradagi jangchi emasligimni uqib ol va buni esdan chiqarma! O'ylaymanki, sen tez orada o'zingga munosib raqib topasan. Lekin sen uchun yaxshi xabar ham bor. Senda hali bu yil men bilan jang o'tkazish imkoniyati saqlanib qolmoqda", — deydi Volkanovski.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar