09 noy 14:53
Yangiliklar
CHempionat kubogi "Paxtakor", "Navbahor" va "Nasaf" ishtirokidagi o'yinlarga olib boriladi
Ayni vaqtda "Paxtakor", "Navbahor" va "Nasaf" klublari oltin medallar uchun kurash olib borishyapti.
Musobaqaning maxsus chempionlik kubogi kimga nasib qilishi malum bo'lmasa-da, davogar jamoalar uni o'z muxlislari ko'z o'ngida ko'tarishni istaydi. SHundan kelib chiqib, O'zbekiston Professional futbol ligasi har uch bellashuv bo'lib o'tadigan stadionga kubok bilan boradi. Yakunda g'olib jamoa kubokni o'z muxlislari ko'z o'ngida nishonlashi uchun sharoit yaratib beriladi.
Oltin medallar masalasida esa vaziyat biroz chigal. CHempionlik uchun davogar 2 ta klub Toshkentda to'p tepishi va nisbatan ko'proq ochko Toshkentda o'ynaydigan jamoada ekanidan kelib chiqib, oltin medallar poytaxtda qoldiriladi. CHempionlik Namangan klubiga nasib qilsa, sovrinlar alohida etkazib beriladi.
O'zbekiston Professional futbol ligasi barcha futbol ishqibozlarini so'nggi turda stadionlarga chorlaydi hamda barcha jamoalarga omad tilaydi.
Fikrlar