15 jan 10:35
Yangiliklar
Boks/MMA

CHempionlar - Jeyms Digeyl va Badu Jek durang qayd etishdi
AQSHning Nyu-York shtati Bruklin shaharchasida o'tkazilayotgan professional boks kechasi yakuniga etdi.
Oqshomning markaziy jangida ikkinchi o'rta vazn toifasida IBF chempioni bo'lib turgan britaniyalik Jeyms Digeyl (23-1, 14KO) hamda WBC chempioni shveciyalik Badu Jek (20-1-2, 12KO) o'zaro ringga ko'tarilishdi.
Jang teng kurashlar ostida kechdi. Bokschilar bir marotabadan nokdaun holatiga tushib qolishdi. Xatto jang referisi ham nokdaun holatini boshdan kechirdi. Zarbalardan biri hakamga tekkan.
Yakunda hakamlardan ikki nafari jangda 114:114 hisobi durang natija qayd etilganini malum qildi. Uchinchi hakam Digeylning g'alabasini taminladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar