14 jan 09:20
Yangiliklar
Boks/MMA

CHempionlar - Jeyms Digeyl va Badu Jek taroziga chiqishdi
Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQSHning Nyu-York shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tadi.
Oqshomning markaziy jangida ikkinchi o'rta vazn toifasida IBF chempioni bo'lib turgan britaniyalik Jeyms Digeyl (23-1, 14KO) hamda WBC chempioni shveciyalik Badu Jek (20-1-2, 12KO) o'zaro ringga ko'tarilishadi.
Ushbu chempionlik jangini o'tkazish bo'yicha muzokaralar bir yildan oshiqroq vaqt mobaynida olib borilgandi. Toshkent vaqti bilan bugun tongda bokschilarni tarozidan o'tkazish marosimi bo'lib o'tdi.
Unga ko'ra, IBF chempioni 30 yoshli Jeyms Digeyl 75,7 kg, Digeyl esa 75,5 kg tosh bosdi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar