18 jan 11:18
Yangiliklar
CHempionlik imkoniyatini qo'lga kiritgan Moykano vada berdi
Aslida braziliyalik aralash yakkakurash ustasi UFC 311 turnirida amerikalik Benil Dariushga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi. Taqdir engil vazn toifasi reytingnining 10-pog'onasida borayotgan Renato Moykanoga ana shunday imkoniyat hamda sovg'a taqdim etdi.
"Moykano chempionlik kamari uchun bormoqda! Islam Maxachev, tayyor tur! Ertaga mening kunim bo'ladi. Kutilmagan bu imkoniyat taqdim etilganidan o'zimda yo'q xursandman. Men bejizga besh raundlik janglarga chapaqay usubdagi jangchilar bilan tayyorgarlik ko'rmagan ekanman. Astoydil mehnat qilayotgandim. Qachonlardir chempionlik imkoniyati berilishini kutib yashayotgandim. Ertaga dunyoni larzaga solaman. Men jahon chempioni bo'laman. Bunga vada beraman. Ketdik!", - dedi Moykano.
Fikrlar