18 mar 14:34
Yangiliklar
Boks/MMA

CHendler hali ham Makgregor bilan jang qilishga umid bog'layapti
Engil vazn toifasida UFC kamari uchun sobiq davogar, amerikalik Maykl CHendler irlandiyalik sobiq chempion Konor Makgregor bilan jangi hali ham aktual ekaniga ishonmoqda.
"Hammamiz Konor Makgregor qachon qaytishini bilishni istaymiz. Lekin meni kuzatadiganlar biladiki, men uni kutmayman. Konor qaytganida mening ismim jang shartnomasida bo'lishini biladi. Agar Makgregor xohlasa, aniqki, bu jang tashkil qilinadi.
Biz The Ultimate Fighter 31 shousidan beri davom etayotgan ishni tugatishimiz kerak. Bu qiziqarli jang bo'ladi. Dunyoning istalgan nuqtasida chiptalar sotilgan va biz juda ko'p tomoshabinlarni jalb qilgan bo'lardik", deya CHendlerning so'zlaridan iqtibos keltiradi Eurosport.
Maykl va Konor aslida, 2024 yil yozida jang qilishlari kerak edi, biroq Makgregorning jarohati bunga halaqit berib qolgandi.
Havola :
Manba : Eurosport
Fikrlar