21 fev 08:50
Yangiliklar
Kurash

CHilonzor tuman prokurori sovrini uchun kurash musobaqasi o'tkazilyapti FOTOGALEREYA
Poytaxtimizdagi Singapur Menejmentni rivojlantirish instituti sport saroyida kurash bo'yicha bolalar, o'smirlar va kattalar o'rtasida CHilonzor tumani prokurori sovrini uchun turnir bo'lib o'tmoqda.
CHilonzor tumani prokuraturasi hamda Toshkent shahar kurash federaciyasi, CHilonzon tuman hokimligi hamkorligida uyushtirilayotgan ushbu katta kurash bayramida 2010-2011 yillarda tug'ilgan bolalar 30 kg., 36 kg., 44 kg., 2007-2008 yillarda tug'ilgan o'smirlar 55 kg., 65 kg., kattalar-erkaklar 73 kg., 90 kg., +90 kg. hamda ayollar 63 kg. vazn toifalarida g'oliblik uchun gilamga chiqadi.
Bugun musobaqaning tantanali ochilish marosimi soat 14:00 da bo'lib o'tadi.
Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar