04 may 16:07
Yangiliklar
Boks/MMA
CHimaev Striklendga qarshi jangda sekundanti kim bo'lishini aytdi
O'rta vaznda UFC chempioni Xamzat CHimaev 10 may tongida AQSHning Nyuarkida o'tkaziladigan UFC 328 turnirining asosiy jangida SHon Striklenddan kamarini himoya qiladi.
BAA sharafini himoya qilib kelayogan chechenistonlik aralash yakkakurash ustasi chempionlik jangida burchagida kim sekundant bo'lishini ochiqladi.
"Arman Carukyan sekundantim bo'ladi. U doim birga burger eyishimiz kerakligini aytadi. U menga omad olib keladi", — deya CHimaevning so'zlarini keltiradi Bloody Elbow.
Malumot uchun, Xamzat CHimaev SHimoliy Amerika ligasi tarixida professional darajada mag'lubiyatsiz chempion bo'lishga erishgan 16-jangchiga aylandi. Uning rekordida 15 ta g'alaba bor, ulardan 12 tasi muddatidan oldin qo'lga kiritilgan va birorta ham mag'lubiyat yo'q.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar