18 fev 20:40
Yangiliklar
Boks/MMA
China Dragons - Patriot Boxing Team. Guruhimizning ikkinchi bahsida ruslar g'olib!
Xabar berganimizdek, WSB turnirining guruh bosqichidan o'rin olgan 2-tur uchrashuvida O'zbekistonning “Uzbek Tigers” jamoasi Qozog'istonning “Astana Arlans” bokschilariga 1:4 hisobida yutqazib qo'ygandi.
Guruhimizdan o'rin olgan ikkinchi uchrashuvda ham xuddi shu hisob qayd etildi. Xitoyning “China Dragons” jamoasi o'z uyida Rossiyaning “Patriot Boxing Team” bokschilariga 1:4 hisobida mag'lub bo'ldi.
SHu tariqa, ikkita jangda g'alabaga erishgan “Astana Arlans” jamoasi guruh peshqadami bo'lib turibdi. Keyingi o'rinlarni Rossiya va Xitoy jamoalari band etishgan. “Uzbek Tigers” jamoasi so'nggi pog'onadan joy olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar