04 fev 17:30
Yangiliklar

China Dragons - Uzbek Tigers 3:2. Mavsumni mag'lubiyat bilan boshladik
Ayni daqiqalarda “O'zbek yo'lbarslari” jamoasi Sanya shahrida “China Dragons” bokschilari mehmoni bo'lishyapti. Aynan bugungi uchrashuv bilan “O'zbek yo'lbarslari” The World Series Boxing (WSB) musobaqasining hisob bo'yicha ettinchi mavsumidagi ishtirokini boshladi.
Birinchi bo'lib ringga -49 kg vazn toifasidagi bokschilar ko'tarilishdi. Unda hamyurtimiz Mironshoh Ibragimov mezbonlar vakili Xin Xuyangni 3:0 (50:45, 49:47, 48:47) hisobida mag'lub etib, jamoamizni oldinga olib chiqdi.
SHundan so'ng ringga -56 kg vazndagi bokschilar ko'tarilishdi. Hamyurtimiz Abdulhay SHorahmatov besh raundga mo'ljallangan jangda raqibi Long Yangni 3:0 (50:45, 49:46, 50:45) hisobida taslim etib. Bu bilan umumiy hisob 2:0ga etdi.
Afsuski, qolgan uch bokschimiz raqiblariga imkoniyatni boy berib qo'yishdi. 64 kg vazndagi Elnur Abduraimov Kianxun Xuga, 75 kg vazn toifasidagi Ulug'bek Haqberdiev Mingang CHaoga, 91 kgdagi Boburbek Yo'ldoshev Jing Guoga yutqazib qo'ydi.
SHu tariqa, "O'zbek yo'lbarslari" jamoasi mavsumni 2:3 hisobidagi mag'lubiyat bilan boshlashdi.
Eslatib o'tamiz, “Uzbek Tigers” jamoasi o'tgan yili ushbu musobaqada debyut qilgan va yarim finalga qadar etib borgandi. Bokschilarimiz final ostonasida bo'lajak chempionlar - kubalik bokschilarga imkoniyatni boy berishgan edi.
Fikrlar