01 fev 07:55
Yangiliklar

China Dragons - Uzbek Tigers. Tarkibimiz elon qilindi
Bu haqda O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati xabar berdi. CHarm qo'lqop ustalarimiz 3-4 fevral kunlari Sanya shahrida Xitoyning “China Dragons” jamoasi bokschilariga qarshi ringga chiqishadi.
Aynan mana shu uchrashuv bilan “O'zbek yo'lbarslari” jamoasi The World Series Boxing (WSB) musobaqasining hisob bo'yicha ettinchi mavsumidagi ishtirokini boshlaydi.
“Uzbek Tigers” jamoasi o'tgan yili ushbu musobaqada debyut qilgan va yarim finalga qadar etib borgandi. Bokschilarimiz final ostonasida bo'lajak chempionlar - kubalik bokschilarga imkoniyatni boy berishgan edi.
3 fevral kuni bokschilar tarozidan o'tishadi. 4 fevralda esa belgilangan barcha janglar o'tkaziladi.
Terma jamoamiz tarkibi:
49 kg: Mironshoh Ibragimov
56 kg: Abdulhay SHoraxmatov
64 kg: Elnur Abduraimov
75 kg: Ulug'bek Haqberdiev
91 kg: Boburbek Yo'ldoshev
Terma jamoamizning murabbiylar shtabidan To'lqin Qilichev va Rahmatjon Ro'zioxunov joy olishdi. Komiljon Rasulov jamoa shifokori.
Fikrlar