05 okt 13:40
Yangiliklar
Tennis
China Open. Sobolenkoning 15 g'alabali seriyasi yakunlandi
Dunyoning ikkinchi raketkasi Arina Sobolenko Xitoy poytaxti Pekin shahrida o'tkazilayotgan turnirdagi ishtirokini chorak finalda to'xtatdi.
Belaruslik tennis malikasi 1/4 finalda WTA reytingida 49-pog'onada borayotgan chexiyalik Karolina Muxovaga uch set natijasiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ydi - 6/7(5), 6/2, 4/6. Muxova Arina uchun noqulay raqiba bo'lib qolmoqda. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida aynan u oldinda bormoqda - 3:1.
Ikki soatu 48 daqiqa davom etgan bahsda Sobolenko 1, Muxova 5 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Breyklar bo'yicha ham Karolina etakchilik qildi - 4 ga 3. Muxova hal qiluvchi uchinchi setda 2/4 hisobida yutqaza turib, g'alabani o'z tomoniga og'dirib oldi. Sobolenkoning 15 ta uchrashuvdan iborat g'alabali seriyasi barham topdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar