So’nggi yangiliklar

11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0

23 okt 08:50
Yangiliklar

Boks/MMA

Chinggis Khan Cup. Bokschilarimiz 11ta medalni qo'lga kiritishdi

Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida boks bo'yicha ananaviy xalqaro turnir o'z yakuniga etdi.

O'nga yaqin davlat bokschilari ishtirok etgan Chinggis Khan Cup turnirida mamlakatimizning birinchi va ikkinchi raqamli charm qo'lqop ustalari ham ringga ko'tarilishdi. SHuningdek, ayol bokschilarimizdan to'rt nafari ham o'z mahoratini namoyish etdi.

Quvonarlisi, yakunda 11 nafar bokschimiz xalqaro turnirning turli darajadagi medallarni qo'lga kiritishdi. Erkaklar o'rtasidagi bahslarda o'z vazn toifalarida Isroil Madrimov va Abdulxay SHoraxmatov barcha raqiblarini mag'lub etib, shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilishdi.


Nodir Mirzahmedov, Abror Qodirov hamda Fazliddin Meliboev finalga qadar etib borib, kumush medal bilan taqdirlanishdi. Elnur Abduraimov va Zuhriddin Mahkamov esa bronza medaliga sazovor bo'lishdi.

Xotin-qiz bokschilarimizning natijasi ham kutilganidan yaxshi bo'ldi. Tursunoy Rahimova va Maftuna Melieva oltin medalni qo'lga kiritishdi. SHahnoza Nizomova kumush, Dilnoza Odiljonova bronza medaliga ega chiqdi.

Mo'g'ulistondagi turnirda terma jamoamizga Rustam Saidov va Dilmurod Hasanovlar murabbiylik qilishdi. Bekjon Yusupov esa boks bahslarida hakamlik qildi.

YAKUNIY NATIJALAR (O'g'il bolalar):

Oltin medal

Isroil Madrimov (75kg)

Abdulhay SHoraxmatov (56kg)

Kumush medal

Nodir Mirzahmedov (49kg)

Abror Qodirov (52kg)

Fazliddin Meliboev (69kg)

Bronza medal

Elnur Abduraimov (60kg)

Zuhriddin Mahkamov (81kg)

QIZLAR

Oltin

Tursunoy Rahimova (51kg)

Maftuna Melieva (60kg)

Kumush

SHahnoza Nizomova (69kg)

Bronza

Dilnoza Odiljonova (54kg)


Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing