So’nggi yangiliklar

18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0

29 mar 14:28
Yangiliklar

Kurash

CHirchiqda belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston chempionati o'tkazildi + FOTOGALEREYA

CHirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida kichik o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

Mazkur musobaqa CHirchiq shahrining 90 yilligiga bag'ishlandi va chempionat doirasida  belbog'li kurash bo'yicha CHirchiq shahar hokimi kubogi uchun ham bellashuvlar tashkil etildi. 

Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan jam bo'lgan 400 nafardan ziyod polvonlar belbog'li kurashning erkin va klassik yo'nalishlarida medallar uchun bel olishishdi. 

Musobaqaning birinchi kunida reglamentga ko'ra, tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. 

Yuqori saviyada tashkil etilgan marosimida CHirchiq shahar hokimi Murodjon Abdurahimov, Parkent tumani hokimi, Toshkent viloyati belbog'li kurash federaciyasi raisi Sardor Isaqulov, Toshkent viloyati sport boshqarmasi boshlig'i Rustam Boboqulov, Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi prezidenti Mo'min Muratov, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov, CHirchiq shahar sektor rahbarlari, deputatlar va korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi. 

Ochilish marosimida CHirchiq shahar hokimi Murodjon Abdurahimov, Parkent tumani hokimi, Toshkent viloyati belbog'li kurash federaciyasi raisi Sardor Isaqulov, Toshkent viloyati sport boshqarmasi boshlig'i Rustam Boboqulov, Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi prezidenti Mo'min Muratov hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirovlar so'zga chiqib, sportchilarni qutlashdi va ularga omad tilashdi. 

SHundan so'ng Ravshan Dastirov  bir guruh faxriy mehmonlarga belbog'li kurash federaciyasining esdalik sovg'alarini topshirdi. Marosim so'nggida badiiy jamoalar tomonidan namoyish etilgan raqs va kuy-qo'shiqlar tadbir ishtirokchilarida yanayam zavq-shavq bag'ishladi. 

Ochilish marosimi yakunlangach, dastlab CHirchiq shahar hokimi kubogi uchun bahslarida g'olib aniqlandi. Unga ko'ra, 50 kg. vazn toifasida mezbon sportchi Otabek SHavkatov barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, CHirchiq shahar hokimi kubogini qo'lga kiritdi. 

Ikki kunlik bellashuvlarda Kamron Nosirjonov (Namangan), Daurxan Tursunbaev (Qoraqalpog'iston), Husan Enverov (Toshkent v.) Iskandar Obidov (Farg'ona), Azamat O'rolov (Sirdaryo), Ergashxon Kamolova (Andijon), SHaxrizoda Ubaydullaeva (Qashqadaryo), Hilola Faxriddinova (Navoiy) singari yosh belbog'li kurashchilar o'z vazn toifalarida chempionlikka erishdi. 

Musobaqa yakuniga etgach, g'olib sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing