So’nggi yangiliklar

22:42Жаҳон тожи учун матч. Жавоҳир Синдаров илк партияни якунлади 0 19:02ХОҚ 2028 йилги ёшлар қишки Олимпия ўйинлари саналарини эълон қилди 0 18:30Энцо Мареска: "Ҳусановнинг энг яхши позицияси — марказий ҳимоя" 0 17:52«АҚШга бора олмай қолиши мумкин». Менежер Усман Нурмагомедов учун эҳтимолий жазолар ҳақида гапирди 0 17:00Нодирбек Абдусатторов London Chess Classic 2026 турнирида қатнашади 0 16:05Россия бокс федерацияси World Boxing’нинг тўлақонли аъзосига айланди 0 15:12Нури Шаҳин Шомуродовнинг ўйинига баҳо берди ва Файзуллаевнинг қачон сафга қайтишини айтди 0 14:30Топурия Пимблеттга жанг таклиф қилди 0 13:42Қозоғистон Тошкентда ўтадиган Жаҳон кубогининг якуний босқичи учун таркибини эълон қилди 0 12:59Жамолиддин Раҳмонжонов Тошкентдаги Octagon 94 турнирида иштирок этади 0 12:06ЎзПФЛ Ўзбекистон кубоги финал майдони ва санаси ҳақида маълумот берди 0 11:38БУМ! Ўзбекистондаги UFC турнири қачон ва қаерда ўтказилиши ҳақида маълумотлар пайдо бўлди (ФОТО) 0 11:04Гандболчиларимиз аёллар ўртасидаги Осиё чемпионатида иштирок этишмоқда 0 10:38"The Notorious қайтди" — Макгрегор тиззасидаги операциядан сўнг машғулотларни бошлаганини маълум қилди 0 10:07Ўзбекистон кубоги. Бугун финалчилар аниқланади 0

24 avg 19:37
Yangiliklar

Boshqalar

CHirchiqda O'zbek jang sanati bo'yicha mamlakat Kubogi o'tkazildi + FOTOGALEREYA

Teglar :  O'zbek jang sanati
22-24 avgust kunlari O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti manejida milliy sport turimiz bo'lgan O'zbek jang sanati bo'yicha o'smirlar, yoshlar va kattalar o'rtasida O'zbekiston kubogi musobaqasi bo'lib o'tdi.

Sport vazirligi hamda O'zbek jang sanati federaciyasining yillik taqvim-rejasidagi mazkur mamlakat kubogi bahslarida Toshkent shahri, Qoraqalpog'iston Respublikasi va barcha viloyatlardan 900 nafarga yaqin ishtirokchilar "Kompleks mashq", "Temuriylar jang ususli", "Jamoaviy ko'rgazmali chiqish" va "Assalom tong" yo'nalishlari bo'yicha kuch sinashishdi.

Musobaqa reglamentiga ko'ra, bellashuvlarning birinchi kuni dastlab tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Yuqori saviyadagi marosimda bir guruh sport jonkuyarlariga O'zbek jang sanati federaciyasi tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi. SHundan so'ng, o'zbek jang sanati ustalarining ko'rgazmali chiqishlari namoyish etildi.

Ikki kun davom etgan "Kompleks mashq", "Temuriylar jang usuli", "Jamoaviy ko'rgazmali chiqish" va "Assalom tong yo'nalishlar bo'yicha jamoalar bor mahoratlarini namoyish etishdi. Anvar Nuraliev boshchiligidagi bir guruh hakamlar esa sportchilarning chiqishlarini baholab borishdi.

Yakuniy natijalarga ko'ra qo'ydagi jamoalar kuchli uchlikdan joy olishga muvaffaq bo'lishdi. 

Yoshlar o'rtasida umumjamoa hisobida: 

1. Andijon viloyati

2. Buxoro viloyati 

3. Toshkent shahri 

O'smirlar o'rtasida umumjamoa hisobida: 

1. Toshkent viloyati 

2. Namangan viloyati 

3. Farg'ona viloyati 

Kattalar o'rtasida umumjamoa hisobida: 

1. Toshkent shahri 

2. Jizzax viloyati 

3. Sirdaryo viloyati 

Takidlash joiz, O'zbek jang sanati sport turi navbatdagi BRIKS o'yinlari dasturidan rasman joy oldi. Mazkur O'zbekiston kubogi musobaqasi BRIKS o'yinlariga saralash vazifasini o'tab berishi bilan ham ahamiyatlidir.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing