So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

24 may 16:37
Yangiliklar

Kurash

CHiroqchida O'zbekiston chempionati boshlandi

Bugun Qashqadaryo viloyati CHiroqchi tumanida milliy belbog'li kurash bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida O'zbekiston chempionatiga start berildi.

O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston milliy belbog'li kurash federaciyasining yillik taqvim-rejasiga muvofiq o'tkazilayotgan mazkur mamlakat chempionatida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan 300 nafarga yaqin  sara polvonlar ishtirok etmoqda. 

CHiroqchidagi 1-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabi mezbonlik qilayotgan musobaqa reglamentiga ko'ra erkaklar belbog'li kurashning klassik va erkin yo'nalishida 11, ayollar esa erkin yo'nalishning 7 ta vazn toifasida kurash tushishmoqda.

Bugun dastlab, chempionatning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi.   Sportchilar, hakamlar va murabbiylar, muxlislar, OAV vakillari, keng jamoatchilik yig'ilgan ushbu marosimda so'z olgan tuman hokimining o'rinbosari Erkin Boboqulov, O'zbekiston milliy belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov, xalqaro belbog'li kurash federaciyasi (Borba na poyasax) sport direktori, rossiyalik Vener Gaynulin, viloyat belbog'li kurash federaciyasi raisi Farhod Jumanov va boshqalar bugun mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga, xususan, milliy sport turlarimizga bo'lgan yuksak etibor bois, sportchilarimizning xalqaro musobaqalarda yurtimiz shanini munosib himoya qilayotgani xususida takidlab o'tishdi va barcha sportchilarga bellashuvda omad yor bo'lishini tilashdi.  

SHundan so'ng taniqli va xushovoz xonanda Sarvar Abdullaev tomonidan kuylangan diltortar qo'shiqlar ochilish marosimiga yanayam o'zgacha ko'taringkilik bag'ishladi. Tadbir yakuniga etgach, polvonlarning bellashuvlariga start berildi. Musobaqalar davom etadi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing