23 noy 07:01
Yangiliklar
CHorak finalda O'zbekistonga raqiblik qiladigan Franciya termasi U-17 Jahon chempionatidan diskvalifikaciya qilinishi mumkin
Franciya U-17 terma jamoasi Indoneziyada o'tkazilayotgan Jahon chempionatidan diskvalifikaciya qilinishi mumkin. Gap shundaki, "Monpele" klubi azosi Yannis Issufu ushbu musobadaqa Franciya termasi safida harakat qilmoqda, ammo ushbu turnirning saralash bosqichida Niger termasi tarkibida maydonga tushgan. Sport News Africa nashri bergan malumotga ko'ra, Franciya futbol federaciyasi bundan bexabar bo'lgan.
FIFA qonunlariga ko'ra, bir futbolchi aynan bir musobaqada ikki xil jamoada harakat qilishi qatiyan man qilinadi. Franciya terma jamoasi bilan bitta guruhdan o'rin olgan Burnika-Faso termasi ushbu masala bo'yicha appelyaciya berishi mumkin.
Issufe Franciya nomidan Jahon chempionati guruh bosqichidagi uchta o'yinda maydonga tushdi. 2022 yilda esa futbolchi aynan shu Jahon chempionati saralashida Niger safida Kot-d’Ivuar va Beninga qarshi o'yinlarda harakat qilgan.
Fikrlar