08 apr 12:08
Yangiliklar
Boks/MMA

CHudinovni Polshada nokautga uchratishdi
Rossiyalik bokschi Dmitriy CHudinov Polshadagi boks oqshomida mag'lub bo'ldi.
CHudinov mezbon bokschi Robert Pajechevskiyga qarshi ringga ko'tarildi. Ikkinchi o'rta vazn toifasida kechgan jangning ikkinchi raundida Robert raqibini nokautga uchratdi.
Ketma-ket ikki bor nokdaun holatiga tushib qolgan CHudinov keyingi zarbadan so'ng nokautga uchradi. Bu rossiyalik bokschining qatorasiga qabul qilib olgan uchinchi, faoliyatidagi beshinchi mag'lubiyati bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz WBC Silver chempionlik kamari sohibi Azizbek Abdug'ofurov 2018 yili Toshkentda bo'lib o'tgan boks oqshomida CHudinovni mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Fikrlar