13 avg 09:07
Yangiliklar
Tennis
Cincinnati Open. Naomi Osaka kvalifikaciya finaliga chiqa olmadi
AQSHning Cincinnati shahrida tennis bo'yicha nufuzli WTA turnirining saralash bahslari yakunlandi.
WTA reytingida 95-pog'onada borayotgan Naomi Osaka kvalifikaciya bahslarining final uchrashuvida dunyoning 82-raketkasi bo'lib turgan amerikalik Eshlin Kryugerga imkoniyatni boy berib qo'ydi - 3/6, 6/2, 3/6.
Bu tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi edi. To'qson sakkiz daqiqa davom etgan bahsda Osaka 7, Kryuger 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar bo'yicha ustunlik Eshlin tomonda bo'ldi - 6 ga 4. Breyklarda ham ustunlik 4 ga 3 ko'rinishda Kryuger foydasiga hal bo'ldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar