20 avg 07:47
Yangiliklar
Cincinnati Open turniri g'olibi aniqlandi
Musobaqa bosh sovrini Arina Sobolenkoga nasib etdi. Belaruslik tennis malikasi hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning oltinchi raketkasi, amerikalik Jessika Pegulani mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 7/5. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Arina oldinda bormoqda - 5:2.
Etmish olti daqiqa davom etgan bahsda Sobolenko 10, Pegula 5 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar mag'lub tennischida ko'proq bo'ldi - 5 ga 1. Breyklar bo'yicha ustunlik tabiiyki, Sobolenko foydasiga - 3 ga 1!
SHu tariqa, Arina Sobolenko faoliyatidagi 15-sovrinni qo'lga kiritdi. Bu uning joriy mavsumdagi ikkinchi, WTA 1000 toifasiga kiruvchi oltinchi tituli bo'ldi. Bugun elon qilingan reytingda dunyoning ikkinchi raketkasiga aylanib olgan Arina 1000 reyting ochkosi hamda 523,485 AQSH dollari miqdorida pul mukofoti ishladi. Pegula esa 650 ochko va 308,320 dollarga ega bo'ldi.
Fikrlar