21 iyu 15:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Cobiq UFC chempioni: U revansh beradi degan umiddaman
Birinchi engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xolli Xolm ikki vazn "qirolichasi" Amanda Nunesga qarshi revansh jangida ishtirok etishdan umidvor ekanligini malum qildi.
"Amanda janglardan rohat olmay qolgan bo'lishi mumkin. UFCdagi qilishi lozim bo'lgan barcha ishni uddaladi. Ko'ramiz, u kelajagi borasida qanday to'xtamga keladi. Har qanday holatda ham Amanda Nunes faoliyatini yakunlasa, uni hech kim ayblamaydi. Umid qilamanki, u hali faoliyatini tugatmaydi va menga revansh imkonini beradi", - dedi Xolli.
Eslatib o'tamiz, Xolm va Amanda o'rtasidagi ilk jang UFC 239 kechasida bo'lib o'tgan va to'qnashuvning birinchi raundida Nunes raqibasini mag'lub etishni uddalagandi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar