14 iyu 14:27
Yangiliklar
Boks/MMA
Fyuri o'zidan 50 kg og'irroq Eddiga qarshi to'liq jang o'tkazdi
Mag'lubiyat bilmay kelayotgan britaniyalik yulduz Tayson Fyurining ukasi Tommi Fyuri Manchesterda bo'lib o'tgan Misfits Boxing turnirida ringga ko'tarildi.
Kichik Fyuri rasmiy tarozi marosimida o'zidan 50 kg og'irroq tosh bosgan hamyurti Eddi Xollni olti raund to'liq davom etgan jang yakunida ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi. Jang 2 daqiqadan iborat 6 raund formatida tashkil etildi.
2017 yilda "Sayyoramizning eng kuchli odami" unvonini qo'lga kiritgan Xoll Tommi Fyuriga jiddiy qarshilik ko'rsata olmadi. Ushbu jangda hakamlik vazifasini bajargan bokschilar Toni Bellyu hamda Derek CHisora g'alabani mos ravishda 59-56 va 58-56 hisoblarida Fyuriga taqdim etdi. Og'ir vaznda Misfits Boxing chempioni hisoblangan CHeyz DeMur esa durang (57-57) natija qayd etdi. CHeyz Fyurining potencial raqibi hisoblanadi.


Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar