13 iyu 13:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Eddi jang oldidan Fyuridan 49 kilogramm og'irroq chiqdi + FOTO
Strongmen Eddi Xoll va bokschi Tommi Fyuri Angliyaning Manchester shahrida bo'lib o'tadigan Misfits 23 shousi doirasidagi boks jangi oldidan vazn o'lchash marosimidan o'tishdi.
Xollning vazni 147,7 kg ni tashkil etdi, Fyuri esa tarozida 98,7 kg natija ko'rsatdi.
Takidlash kerakki, Xoll uchun bu faoliyatidagi eng kichik vazn (yakkakurashga o'tganida u 180 kg dan ortiq edi), Fyuri uchun esa eng kattasi (ilgari u hech qachon 94,5 kg dan ortiq rasmiy vazn bilan ringga chiqmagan).
Tommi Fyuri va Eddi Xoll o'rtasidagi jang ko'rgazmali maqomga ega. U ikki daqiqadan iborat oltita raundga mo'ljallangan bo'lib, raqiblar 12 unciya hajmdagi qo'lqoplarda jang qilishadi.


Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar