31 may 10:21
Yangiliklar
Futbol
CSKA sobiq futbolchisi: "Abbosbek Fayzullaevni 10 milliondan kamiga sotmaslik kerak!"
CSKA sobiq futbolchisi Vladimir Ponomaryov O'zbekiston terma jamoasi azosi Abbosbek Fayzullaev haqida iliq fikr bildirdi.
"Abbos Moskvadagi ilk mavsumini ajoyib tarzda o'tkazdi. Uni qanchaga sotish kerak? Kamida 10 million evroga. Undan kamiga uni qo'yib yuborishlik xato bo'ladi. O'zi aslida Abbosni CSKAda olib qolish eng zo'r ish bo'lgan bo'lardi", — dedi CSKA sobiq futbolchisi.
Abbosbek Fayzullaev Rossiyadagi ilk mavsumida 22 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 4 ta gol va 7 ta golli uzatma bor. 20 yoshli futbolchining CSKA bilan 2026 yilga qadar mo'ljallagan shartnomasi bor.
Havola :
Fikrlar