31 mar 10:04
Yangiliklar
Futbol

CSKAda Fayzullaevga Turkiya klubi qiziqqaniga munosabat bildirishdi
CSKA bosh direktori Roman Babaev jamoa yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaevga Galatasaroy qiziqayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
«Men ham sizlar kabi bu xabarni internetdan o'qidim. Abbos bo'yicha hech qanday aniq taklif bo'lmadi. Qishda ham unga hech qanday taklif tushmadi», — dedi Roman Babaev.
Eslatib o'tamiz, Abbos 2023 yilning yozidan beri moskvaliklar safida harakat qilib kelmoqda. Joriy mavsum futbolchi 28 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 ta gol va 7 ta golli uzatma bor. Transfermarkt nashri futbolchimizni 8 million evroga baholamoqda.
Havola :
Manba : TACC
Fikrlar