19 may 12:20
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/12879_220.jpg)
“Cuba Domadores” - “Uzbek Tigers”: Juftliklar bilan tanishing
Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda Gavana shahrida Butunjahon Boks seriyasi ettinchi mavsumi chorak final doirasidagi markaziy uchrashuv o'tkaziladi.
Unda ushbu musobaqaning amaldagi g'olibi Kubaning “Cuba Domadores” jamoasi mamlakatimizning “Uzbek Tigers” jamoasi bokschilarini qabul qiladi. Bu ikki jamoaning bir hafta avval Samarqandda bo'lib o'tgan ilk to'qnashuvida charm qo'lqop ustalarimiz 3:2 hisobida zafar quchishgan edi.
“Cuba Domadores”- “Uzbek Tigers”
52 kg. Jasurbek Latipov – Yosbani Veytia
60 kg. Elnur Abduraimov – Alvares Estrada
69 kg. SHahram G'iyosov – Roniel Iglesias
81 kg. Bektemir Meliqo'ziev – Xulio La Kruz
+91 kg. Bahodir Jalolov – Larduet Gomez
Eslatib o'tamiz, mazkur jang ertaga tong sahar bizning vaqt bilan soat 05.30da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar