So’nggi yangiliklar

13:14Жошуанинг менежери жангни ташкил этиш кечикаётгани учун Яқин Шарқ ташкилотчиларини айблади 0 12:47Марадона "Худонинг қўли" билан гол урган тўп аукционда дахшатли суммага сотилди 0 12:20Уч спортчимиз Kazakhstan Junior Golf Invitational 2026 турнирида ғолиб ва совриндор бўлди 0 11:56Мераб Двалишвили ММА тарихидаги энг буюк жангчини айтди 0 11:29Макс Холлоуэй Ислам Махачевга қарши чемпионлик жанги учун тайёр! 0 11:01Мареска "Сити"нинг 18 йиллик рекордини янгилади 0 10:37Нурмагомедов UFC`даги икки асосий мақсадини маълум қилди 0 10:13Бугун Полина Кудерметова US Open 2026 турниридаги иштирокини бошлайди 0 09:44Расман! Рақамланган UFC 334 ва UFC 335 турнирлари тасдиқланди 0 09:18Ҳусанов "Борнмут"га қарши ўйинда неча баллга лойиқ кўрилди? 0 08:52UFC Fight Night 285 турнири жангчиларининг гонорарлари маълум - энг кўпи "Рицар"да! 0 08:28PFL турнирининг барча натижалари: "Киборг" Виейрага қарши, Рабаданов Ридерни нокаутга учратди 0 08:04Ўзбекистон — аралаш жамоавий баҳсларда Жаҳон чемпионати совриндори! 0 07:37Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Эльче"ни тор-мор этди 0 07:11Monterrey Open. "Ўзбекча финал"да бироз кутилмаган натижа қайд этилди 0

16 jan 08:40
Yangiliklar

Tennis

Cultonov Ispaniya, SHin Tunisdagi turnir 1/8 finalida kortga chiqdi

Mamlakatimizning ikkinchi va uchinchi raqamli tennischilari Humoyun Sultonov va Maksim SHin katta tanaffusdan so'ng yana kortga qaytdi.

Afsuski, ularning har ikkisi ham chorak final chiptasi uchun kechgan uchrashuvlarda raqiblariga imkoniyatni boy berib, turnirdagi ishtiroklari erta yakunlashdi. SHinning mag'lubiyatini tushunish mumkindir, lekin Sultonov reytingda o'zidan 500 pog'ona quyidagi raqibga yutqazib qo'ygani kutilmagan holat bo'ldi. 

Maksim SHin Tunisning Monastir shahri mezbonlik qilayotgan M25 toifasiga kiruvchi turnirdagi ishtirokini g'alaba bilan boshlagandi. Ammo 1/8 finalda turnirning oltinchi raketkasi slovakiyalik Lukash Pokorniga murosasiz kechgan bahsda imkoniyatni boy berib qo'ydi. Ikki soatu etti daqiqaga cho'zilgan uchrashuvning har ikki seti tay-brekka qadar davom etdi - 6/7(5), 6/7(1). 

Taqqoslash uchun, Maksim SHin ATP reytingida 983, Pokorni esa 532-o'rinni egallab turibdi. 

Uzoq muddat musobaqalarda ishtirok etmagan Humoyun Sultonovning qaytishi ham o'ta omadsiz bo'ldi. Hamyurtimiz Ispanniyaing Manakor shahrida o'tkazilayotgan M15 toifasiga kiruvchi turnirining 1/8 finalida reytingda o'zidan deyarli 500 pog'ona quyida borayotgan amerikalik Gavin Yangga 1/6, 4/6 hisobida yutqazib qo'ydi. Sultonov ATP reytingida 576, Yang esa 1065-o'rinni egallab turibdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing