21 apr 07:37
Yangiliklar

Cvitolina ikki yillik tanaffusdan so'ng sovrin yutdi + FOTO
Musobaqa bosh sovrini Elina Svitolinaga nasib etdi. Ukrainalik tennis malikasi hal qiluvchi final uchrashuvida WTA reytingida 39-pog'onani egallab turgan serbiyalik Olga Danilovichdan 6/4, 7/6(8) hisobida ustun keldi. Dunyoning 18-raketkasi bo'lib turgan Elina ikki yillik tanaffusdan so'ng yana WTA sovriniga ega chiqdi.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Bir daqiqasi kam ikki soat davom etgan bahsda Svitolina 6, Danilovich 5 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennis malikasi ham 3 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Breyklar bo'yicha ustunlik Elina tomonida bo'ldi - 3 ga 2.
Ukrainalik so'nggi bor 2023 yilning may oyida Franciyaning Strassburg shahrida WTA sovrinini qo'lga kiritgandi. Bu uning faoliyatidagi 18-sovrin bo'ldi. Svitolina Ruandagi muvaffaqiyatli ishtirokidan 250 reyting ochkosi hamda 31,565 evro mukofot puli ishlab oldi.
Fikrlar