06 noy 08:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Czou SHimin engil vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni!
Ayni daqiqalarda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida professional boks kechasi davom etmoqda.
Havaskor boksda ikki karra Olimpiada chempioni Czou SHimin engil vazn toifasida vakant bo'lib turgan WBO chempionlik kamari uchun ringga ko'tarildi.
Xitoylik bokschi tailandik Prasitsak Fapromga qarshi kechgan jangda raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etib, chempionlik kamari sohibiga aylandi.
Hakamlar 120-107, 120-107, 119-108 hisobida SHiminning g'alabasini taminlashdi. Ikkinchi raundda Faprom nokdaun holatiga ham tushib qolgandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar