16 mar 14:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Czyu - Xorn jangi koronavirus sabab bekor qilindi
Koronavirus sabab olis Avstraliyada ham sport tadbirlari bekor qilinmoqda.
Jumladan, 22 aprel kuniga belgilangan boks oqshomi ham o'tkazilmaydigan bo'ldi va nomalum muddatga qoldirildi. Ushbu kechaning markaziy jangi ikki avstraliyalik bokschilar - Tim Czyu va Jeff Xorn o'rtasida o'tkazilishi rejalashtirilgan edi.
Avstraliya hukumati koronavirus xavfi sabab 500 va undan ziyod kishi to'planadigan ommaviy tadbirlarni to'xtatish haqida qaror chiqargan. 25 yoshli Czyu sobiq mutlaq jahon chempioni, mashhur Konstantin Czyuning o'g'li bo'lsa, yarim o'rta vaznda sobiq chempion Jeff Xorn afsonaviy Menni Pakyaoni mag'lub etgani bilan tanilgan.
Havola :
Fikrlar