So’nggi yangiliklar

18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0 11:20Tata Steel Chess 2027: Нодирбек Абдусатторов чемпионлик унвонини ҳимоя қилади 0

14 fev 16:29
Yangiliklar

Futbol

Dahshat! Iordaniyaga qarshi o'yindan oldin koreyalik futbolchi Son Xyon Minga musht tushirishga uringan

Teglar :  Son Xyon Min
Osiyo kubogi yarim final o'yini oldidan Koreya Respublikasi futbolchilar o'rtasida katta nizo yuz bergan.

Koreya Respublikasi Qatar mezbonlik qilgan Osiyo kubogining yarim final bosqichida Iordaniyaga sensacion tarzda mag'lub bo'lib, musobaqa bilan xayrlashgandi. Ushbu uchrashuvdan oldin terma jamoa ichida nizo kelib chiqqani malum bo'ldi.

Gap shundaki, Koreya Respublikasi termasi kechki ovqatga yig'iladi, termaning nisbatan yosh bo'lgan uch nafar o'yinchisi (Li Kan In, Seol Yong Vu va Jung Vo Yong) esa tezroq ovqatlanib, stol tennisi o'ynashni boshlashadi. Ular biroz shovqin solishadi va ovqatlanayotgan boshqa jamoadoshlariga halal berishadi. Bu holat jamoa sardori Son Xyon Minga yoqmaydi. Son jamoadoshlariga o'yinni to'xtatib, terma jamoa ovqatlanayotgan stolga qaytishlarini, bu narsa Iordaniyaga qarshi o'yindan oldin jamoaning birdamligi uchun muhimligini aytadi. Stol tennis o'ynayotgan o'yinchilar sardorning gapiga quloq solishmaydi va o'rtada nizo kelib chiqadi. SHundan so'ng, Son Xyon Min PSJ futbolchisi Li Kan Inning yoqasidan ushlaydi. Li Kan In esa javob tariqasida Songa musht tushiradi, ammo "Tottenxem" futbolchisi bu zarbaga chap berishga ulguradi. Boshqa futbolchilar janjalni bostirayotgan paytda Son Xyon Minning barmog'i chiqib ketadi. Yarim final o'yinida Son ikkita barmog'i birlashtirilgan holatda maxsus bog'ich bilan o'ynashiga aynan shu holat sabab bo'lgan. Umuman, Son Xyon Min va Li Kan In o'rtasidagi sovuq munosabat anchadan beri davom etardi. Bu janjal esa "portlovchi" nuqta bo'ladi.


Con Xyon Min Iordaniyaga qarshi o'yinda ikkita barmoqlarida maxsus bog'lam bilan harakat qilgan


Vaziyat shu bilan yakunlanmaydi. Koreyalik tajribali futbolchilar bosh murabbiy Yurgen Klinsmanning yoniga Li Kan Inni tarkibdan chetlashtirishni iltimos qilib kirishadi, ammo murabbiy buni rad etadi. Son va Li Kan In Osiyo kubogi yarim final o'yinida to'liq maydonda harakat qilishadi.

Iordaniyaga uchralgan alamli mag'lubiyatdan so'ng, Son Xyon Min terma jamoadagi kelajagi noaniq ekanligi va bunga murabbiy sabab ekanini malum qildi. 

"Kelajakda terma jamoada o'ynaymanmi, yo'qmi, buni bilmayman. Murabbiy ortiq menga etibor qaratmayapti. Bundan keyin nima bo'lishini bilmayman", -deydi Son Xyon Min.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing