29 dek 10:40
Yangiliklar
Dahshat! Jek Grilishning uyidan 1 million evro qiymatidagi buyumlarni o'g'irlab ketishdi va uning oila azolarini qo'rqitishdi
O'sha paytda uyda futbolchining 10 nafarga yaqin qarindoshi bo'lgan.
Yaqinda Grilish vertolyod qo'nish hududi, ko'l, qayiqda uchish va baliq ovlash uchun imkoniyatlari bo'lgan uyga ko'chib o'tgandi.
"Oila azolar qo'rqitilgan. Jinoyatchilar ko'plab soat va taqinchoqlarni o'g'irlashgan. Ular ishlarini "Manchester Siti" o'ynayotgan payt qilishgan. Oilaning azolari futbolni jonli efirda tomosha qilib, futbolchini qo'llab-quvvatlash uchun yig'ilishgan.
Xech kim jabr ko'rmagan, lekin vahima va qo'rquv katta bo'ldi", - dedi vaziyatga yaqin manbaa.
O'g'rilar olib chiqib ketgan buyumlar qiymati 1 million evrodan ortiqqa baholanmoqda. Uy atrofida qidiruvlar olib borildi. Ammo jinoyatchilar izi aniqlanmadi. Tergov davom etmoqda. Ammo policiya hali ish bo'yicha xech kimni qamoqqa olmagan.
Fikrlar