17 iyu 16:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt: Anderson Silva bilan nima qilishni bilmayapman!
UFC prezidenti Dana Uayt MMA afsonasi, sobiq UFC chempioni Anderson Silva bilan bo'layotgan holat haqida fikr bildirdi.
"U bilan nima qilish kerakligini bilmayapman. Uning UFC bilan yana ikkita jangga mo'ljallagan shartnomasi bor, lekin unga qarshi kimni tushirishim kerakligini aniqlolmayapman. Anderson qachon tayyor bo'lsa, u bilan o'shanda kelishib olamiz",-dedi Dana.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Silva engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Entoni Pettis bilan jang qilishga kelishib olgandi, ammo bu qarorni UFC prezidenti qo'llab-quvvatlamadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar